Jump to content
Wikimedia Meta-Wiki

Xayr-ehson yig'ish 2012/Tarjima/AdrianneW murojaati

From Meta, a Wikimedia project coordination wiki
This is an archived version of this page, as edited by FuzzyBot (talk | contribs) at 13:54, 22 December 2023 (Updating to match new version of source page). It may differ significantly from the current version .
(diff) ← Older revision | Latest revision (diff) | Newer revision → (diff)
Other languages:

1

Bu katta roman meni to'liq qamrab oldi, lekin men sevib qoldim. Beshinchi kursda bizga o'z kursdoshlarimizga tanlash imkoniyati bilan ixtiyoriy fanni o'qitish vazifasini yuklashdi. Men XIX asr adabiyoti bo'yicha ma'ruza o'qidim.

Hozirgi vaqtda, sizlar taxmin qilgan bo'ishlaringiz mumkin, men ingliz lingvistikasiga ixtisoslashgan professor bo'lib hisoblanaman. Bundan tashqari, men "Frankenshteyn" muallifi Meri Shelli va "G'urur va dastlabki fikr"ni yozgan Jeyn Ostin kabi yozuvchilarga bag'ishlangan maqolalarni tahrirlagan holda Vikipediyaga hissa qo'shaman.

Men qachonki Vikipediyadagi o'z ishim haqida o'ylasam, men o'zim haqimda axborot kiritayotgan odam deb emas, balki o'zimni o'qituvchi sifatida tasavvur qilaman. Vikipediya yordamida bilimlarni sinf xonalarining chegaralaridan ancha uzoqlarga tarqatishga erishaman. Faqatgina o'tgan oyda Jeyn Ostinga bag'ishlangan Vikipediyadagi maqola 150 000 marotaba o'qilgan.

Menda o'z universitetimda ko'pchilik sifatli resurslarga ruxsat bor. Lekin ko'pchilik odamlar ulardan foydalana olmaydi; ular "Paywall" (obuna internet-resurslariga ruxsat berish tizimi) ortiga yashiringan. Vikipediyani tahrirlagan holda men bu adolatsizlikni to'g'rilashga yordam berishim mumkin.

Menga yangi narsalarni o'rganish yoqadi. Har doim o'rganish uchun biror narsa topiladi. Men qat'iy ishonamanki, bilimlar hammaga ochiq bo'lishi kerak.

Rozimisiz? U holda meni qo'llab-quvvatlang va Vikipediyaga o'z hissangizni qo'shing.

Bio

Adrianna 18-asrlar britaniya adabiyotini o'rganmoqda.«Raqamli ta'lim va izlanishlar» (Digital Learning and Research) ixtisosligidagi fan nomzodi ilmiy darajasi uchun dissertatsiyasini himoya qilgandan keyin u o'z hamkasblariga ularning ilm olishga yo'naltirilgan dasturlarida Vikipediyani integratsiya qilishning yangi yo'llarini qidirib topishda yordam bermoqda.

AltStyle によって変換されたページ (->オリジナル) /